Toshkent metrosida bugun harbiy-vatanparvarlik aksiyasi tashkil etiladi

Jamiyat 13:17 / 25.04.2018 6018

Bugun Toshkent shahri metropolitenining barcha yo‘nalishlari bo‘ylab soat 16.30dan 20.00ga qadar harbiy-vatanparvarlik aksiyasi tashkil etiladi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, aksiya 9 may kuniga bag‘ishlangan. Unda Qurolli kuchlar ashula va raqs Markaziy ansamblining xodimlari ishtirok etadi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Ular harbiy yillardagi libosni kiyadi. 2-jahon urushi vaqtidagi qo‘shiqlar ijro etiladi. Aktsiya soat 16:30da "Do‘stlik" metro bekatida boshlanadi.

 

Ko‘proq yangiliklar: