Saudiya Arabistoni Qatarni Suriyaga qo‘shinlar yuborishga chaqirdi

Jahon 07:56 / 25.04.2018 8999

Qatar AQShning ko‘magidan mahrum bo‘lishni istamasa, Suriyaga o‘z qo‘shinlarini yuborishi kerak, deb aytdi Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Odil al-Jubayr. 

“Qatar amerikalik qo‘shinlar Suriyada bo‘lgani uchun haq to‘lashi va AQSh prezidenti Qatar hududidagi AQSh harbiy bazasi Qatarga ko‘rsatayotgan himoyadan voz kechmasidan Suriyaga o‘z qo‘shinlarini yuborishi lozim”, deb aytgan al-Jubayr. 

Al-Jubayrning ta'kidlashicha, agar AQSh Qatar xavfsizligini ta'minlamay qo‘ysa, unda bu mamlakatdagi tuzum bir haftaga qolmay ag‘dariladi.

 

Ko‘proq yangiliklar: