Rossiya Turkiyaga S-400 ishlab chiqarishni boshladi

Jahon 15:38 / 25.04.2018 11664

Rossiya Turkiyaga yetkazib berish uchun S-400 zenit-raketa tizimlarini ishlab chiqarishni boshladi. Bu haqda RIA «Novosti» Rosoboroneksport rahbari Aleksandr Mixeyevga asosan xabar qilmoqda.

«Biz shartnomani bajarishga kirishdik... Ishlab chiqarish boshlandi. U yerda ma'lum bir sikllar, bosqichlar bor. Hammasi kelishib olingan, o‘z majburiyatlarimizni bajaramiz», - deya aytib o‘tdi Mixeyev.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Turkiyaga S-400 majmualarini sotib olsa sanksiyalar kiritish bilan tahdid qilgandi. 

Moskva esa S-400 «Triumf» zenit raketa tizimlari yetkazib berilishini tezlashtirib, Turkiyaga «misli ko‘rilmagan tarzda yon bosgani» xabar berildi.

Shuningdek, Turkiya Rossiyadan S-400 nega xarid qilinganini tushuntirib berdi.

 

Ko‘proq yangiliklar: