Putin: BMT XKni chetlab o‘tgan holda harbiy kuch qo‘llash terrorchilarga yordam beryapti

Jahon 12:25 / 25.04.2018 14447

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ma'lum qilishicha, BMT Xavfsizlik kengashini chetlab o‘tgan holda harbiy kuch qo‘llash terrorchilarga foyda keltiradi va beqarorlikni keltirib chiqaradi. Bu haqda RIA «Novosti» Putinning xavfsizlik masalalariga kurator bo‘lgan yuqori darajali vakillarning to‘qqizinchi xalqaro uchrashuvi ishtirokchilariga yo‘llagan murojaatiga asosan xabar bermoqda.

«Bugun global va mintaqaviy darajada xavfsizlikni ta'minlash muammolari o‘ta dolzarb ahamiyatga ega bo‘lmoqda. Bu jahon hamjamiyatining ba'zi a'zolari umumiy tan olingan normalar va xalqaro huquq prinsiplariga e'tibor bermayotgani, BMT Xavfsizlik kengashini chetlab o‘tgan holda harbiy kuchni qo‘llayotgani, davlatlararo bahslarga yechim topishda muzokaralardan bosh tortayotgani bilan bog‘liq», - deyiladi Putinning murojaatida.

Shuningdek, uning ma'lum qilishicha, Sochida Rossiya Xavfsizlik kengashi shafeligida o‘tkazilayotgan hozirgi uchrashuv turli tahdidlarga qarshi kurashish yo‘llarini ishlab chiqish uchun yaxshi imkoniyat beradi.

«Shuni ta'kidlab o‘tishni xohlardimki, Rossiya bu yo‘nalishda xorijiy sheriklar bilan qalin hamkorlik qilishga tayyor – ham ko‘p tomonlama shaklda, ham ikki tomonlama asosda», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Putin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Putinning Trampga ilk qo‘ng‘irog‘i haqida yangi ma'lumot berilgandi.

 

Ko‘proq yangiliklar: