«Paxtakor» qiyin g‘alaba evaziga vaqtinchalik peshqadam bo‘lib oldi

Sport 20:41 / 25.04.2018 5997

O‘zbekiston superligasining 8-turidan o‘rin olgan yana bir uchrashuv nihoyasiga yetdi. Unda Toshkentning «Paxtakor» klubi «Navbhor»ni qabul qildi.

Uchrashuvning ikkinchi bo‘limida Tiago Bezerra tomonidan kiritilgan yagona gol toshkentliklarga g‘alaba keltirdi va ular chempionatdagi oltinchi g‘alabasini tantana qilishdi.

Ushbu g‘alabadan keyin «Paxtakor» hisobidagi ochkolar soni 18taga yetdi va jamoa bitta kam o‘yin o‘tkazgan «Bunyodkor»ni ortda qoldirib, «Buxoro» bilan tenglashdi va to‘plar nisbatiga ko‘ra, peshqadam bo‘lib oldi. «Navbahor» esa 11 ochko bilan 5-pog‘onada qolmoqda.

O‘zbekiston Superligasi, 8-tur

Foto: KUN.UZ

«Paxtakor» – «Navbahor» 1:0 (0:0).
Gol: Tiago Bezerra (77)
«Paxtakor»: 25. Eldor Suyunov, 2. Akmal Shorahmedov, 4. Sherzod A'zamov, 29. Vladimir Kozak, 55. Marko Simich, 7. Azim Ahmedov (80. Rostin Griffits, 90+2), 8. Dilshod Rahmatullayev, 9. Jaloliddin Masharipov (22. Jasur Yaxshiboyev, 82), 18. Bahrom Abdurahimov, 77. Tiago Bezerra, 11. Ismoil Gonsalvesh.
«Navbahor»: 45. Akbar To‘rayev, 6. Oston O‘runov (9. Dilshod Jabborov, 81), 10. Azizbek Turg‘unboyev, 11. Zohir Pirimov (23. Behruz Sa'dulloyev, 80), 15. Azamat Allaniyozov (17. Sardor Sulaymonov, 64), 19. Mirzohid G‘ofurov, 21. A'zamjon Aliyev, 24. Davronbek Hoshimov, 32. Jahongir Mehmonov, 33. Tomislav Payovich, 44. Darko Stanoyevich.
Ogohlantirishlar: Jaloliddin Masharipov (72), Tomislav Payovich (72), Jahongir Mehmonov (74), Dilshod Jabborov (81), Mirzohid G‘ofurov (86), Bahrom Abdurahimov (87).

Ko‘proq yangiliklar: