Mercedes Maybach uchun lyuks krossoverni ishlab chiqdi

Fan-texnika 13:14 / 25.04.2018 11341

Daimler kompaniyasi Mercedes-Maybach lyuks sub-brendi uchun yangi model - lyuks sedani va yo‘ltanlamasi gibridini ishlab chiqish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Vision Mercedes-Maybach Ultimate Luxury kontsepti Xitoyda, Pekin avtosaloni (Auto China 2018) ochilishidan oldin namoyish qilindi. Xitoy - Maybach uchun eng yirik bozor hisoblanadi. 2015 yildan beri, mamlakatda 25000ta Maybach sedanining 60%dan ortig‘i sotilgan, deb xabar bermoqda Bloomberg.

Foto: Mercedes-Maybach

Kompaniya bunday avtomobilning seriyali ishlab chiqarilishi haqida ma'lumot bermagan. Agar u bozorga chiqarilsa, Bentley Bentayga va Ferrari bilan Rolls-Royce kompaniyalarining SUV modellariga munosib raqib bo‘la oladi.

«Bu umuman yangicha arxetip [avtomobil kuzovining turi] bo‘lib, uning o‘xshashi shu paytgacha bo‘lmagan», dedi Daimler kompaniyasining bosh dizayneri Gorden Vagener. Shou-kar g‘arb va uzoq Sharq sivilizatsiyasi ta'sirini birlashtiradi va avtomobil madaniyatining jozibali ko‘rinishini vujudga keltiradi, deb hisoblaydi kompaniya.

Foto: Mercedes-Maybach

Kontseptning gabaritlari: uzunligi - 5260 mm, eni - 2110 mm, balandligi - 1764 mm. Ya'ni, uzunligi bo‘yicha Mercedes S-klass bilan tenglashadi, biroq, kengligi bo‘yicha Maybach 57/62 va Rolls-Royce Phantom VIII dan o‘zib ketadi.

Elektromobil 550 kVt (750 o.k.) kuchga ega bo‘lgan to‘rtta dvigatel bilan jihozlangan. Batareyasi (80 kVt/s) pol ostida bo‘lib, 500 km yo‘lni bosib o‘tish imkoniyatini beradi. Eng yuqori tezlik 250 km/s bilan chegaralangan.

Foto: Mercedes-Maybach

Elektromobilni oddiy rozetka orqali maxsus stansiyalar bilan, simli va simsiz quvvatlantirish mumkin. Agar kuchlanish 350 kVt bo‘lsa, batareya 100 km masofa uchun 5 daqiqada quvvat oladi.

Foto: Mercedes-Maybach

Kontsept avtomobil haydovchi bilan foydalanishga mo‘ljallangan, shuning uchun ham salon birinchi navbatda orqa o‘rindiqdagi yo‘lovchilar uchun qulay qilib ishlangan.

Salonni bezashda oq teri, yaltiroq alyuminiy, eben yog‘ochi va pushtirang oltindan foydalanilgan.

Foto: Mercedes-Maybach

Markaziy konsolda choy ichish va farfor servizi uchun mo‘ljallangan stolcha mavjud. Uni bir tugmacha bilan yopib qo‘yish imkoniyati bor.

Orqa o‘rindiqlar holatini ham yo‘lovchining xohishiga mos tarzda qulay qilib o‘zgartirish imkoniyati mavjud. Ularda massajyor va aromatizatorlar ham bor.

Foto: Mercedes-Maybach

Boshqaruv interfeysi to‘laligicha sensor ekranidan iborat. Avtomobil kompyuteri egasining taqvimi bilan sinxronizatsiya qilinishi, yo‘nalishni rejalashtirishi, ma'lum voqealarga bag‘ishlangan musiqa va yoqimli hidlarni tanlashi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: