Qur'on musobaqasi respublika bosqichining ayol-qizlar o‘rtasidagi bellashuvlari bo‘lib o‘tyapti

O‘zbekiston 12:20 / 25.04.2018 13083

Bugun, 25 aprel kuni Toshkent shahrida Qur'on musobaqasi Respublika bosqichining ayol-qizlar o‘rtasidagi bellashuvlari boshlandi. 

Musobaqaning birinchi kunida ishtirokchilar tilovat yo‘nalishi bo‘yicha o‘zaro bellashmoqdalar.

Tadbirni O‘zbekiston musulmonlar idorasi raisi, bosh muftiy Usmonxon Alimov ochib berdilar. Keyin Hasanxon qori Yahyo Abdulmajid musobaqa shartlari bilan tanishtirdi.

Shundan so‘ng Qur'on musobaqasi ishtirokchilariga o‘zaro musobaqalashish uchun navbat berildi.

Bugun tilovat yo‘nalishi bo‘yicha jami 33 nafar qoriyalar baholanadi, ulardan 4 tasi O‘zbekiston musulmonlar idorasi tasarrufidagi ilmiy maktab, oliy va o‘rta maxsus Islom bilim yurtlari talabalaridir.

Musobaqa “O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi” anjumanlar saroyida (sobiq O‘zMU madaniyat saroyi) bo‘lib o‘tmoqda. Bellashuv ertaga 26 aprel kuni ham davom etadi. Musobaqada jami 51 nafar ishtirokchi o‘zaro bellashadi, deb yozmoqda Muslimaat.

Eslatib o‘tamiz, musobaqani onlayn tarzda kuzatib borish uchun Qur'on muxlisalari Beruniy ko‘chasi 41-uyda joylashgan “Ko‘rgazma savdo markazi” (mo‘ljal: “Beruniy” metrosi) binosiga va “Minor” masjidiga taklif qilinadilar.

Shuningdek, tadbirni Youtube portali orqali onlayn tomosha qilishingiz mumkin. 

Ko‘proq yangiliklar: