Qorli Yekaterinburgda 9 may paradiga tayyorgarlik (suratlar)

Jahon 23:42 / 25.04.2018 9477

Yekaterinburgda yozgi harbiy kiyimdagi qizlar qorli ob-havoda 9 mayda o‘tkaziladigan paradga tayyorgarlik ko‘rayotgan surat "Pikabu" saytining Tretiy73 niki ostidagi foydalanuvchi tomonidan joylandi. Surat ostiga "G‘alaba paradi repetitsiyasi" deb yozilgan. Ma'lum bo‘lishicha, bu suratni unga do‘stlari yuborishgan. Manbaga ko‘ra, surat 24 aprel kuni olingan. 

Foto: VK

Xuddi shu kuni "VKontakte" ijtimoiy tarmog‘ida ham Yekaterina Lvovna nomi ostidagi foydalanuvchi tomonidan ham "9 mayga tayyorgarlik" deb yozilgan shunga o‘xshash suratlar joylandi

Foto: VK/Yekaterina Lvovna

Suratlarda qizlardan tashqari, suvorovchilar kiyimidagi o‘smirlar ham aks etgan. Fondagi bino Yekaterinburg viloyatida Suvorov harbiy ta'lim muassasi bilan bir ko‘chada joylashgan Ofitserlar uyini eslatadi, deyiladi manbada.

Foto: VK/Yekaterina Lvovna

24 aprel kuni Yekaterinburgda bir kunda oylik yog‘ingarchilik me'yorining yarmi yog‘di — 12 millimetr atrofida. Taxminan 10 daraja issiqdan 0 darajagacha keskin pasaygan harorat tufayli Ural ko‘chalari qor bilan qoplangan.

 Foto: TJ

Keyinroq Znak.com nashrining aniqlik kiritishicha, Ofitserlar uyi oldida 9 may paradi ishtirokchilari emas, vatanparvarlik ruhidagi tanlovlardan birining shahar bosqichi ishtirokchilari bo‘lgan. Loyiha vakili Olga Rogulinaning so‘zlariga ko‘ra, muqobil variantdagi maydonning yo‘qligi sabab unga "ongli ravishda qaror qabul qilgan jamoalar chiqqan va ularning rahbarlari bunga ruxsat berishgan".

Ko‘proq yangiliklar: