Qirg‘izistonning yangi hukumati qasamyod keltirdi

Jahon 11:50 / 25.04.2018 6040

Qirg‘iziston hukumatining yangi tarkibi mamlakat parlamenti va prezidenti oldida qasamyod keltirdi. Bu haqda RIA «Novosti» Qirg‘iziston parlamenti matbuot xizmati vakiliga asosan xabar bermoqda.

«Bugun Jogorku Kenesh (parlament)ning prezident Sooronbay Jeenbekov ishtirokidagi yig‘ilishida hukumat a'zolarining qasamyod keltirishi bo‘yicha tantanali marosim o‘tkazildi», - deya aytib o‘tishgan matbuot xizmatidan.

19 aprel kuni Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov parlament bildirgan ishonchsizlik votumi tufayli hukumatni iste'foga chiqardi. Juma, 20 aprel kuni, parlament ko‘pchilik ovoz bilan Muhammadkali Abilg‘oziyevni Qirg‘iziston bosh vaziri lavozimiga tasdiqladi, shuningdek, hukumatning yangi dasturi va tarkibini ma'qulladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘iziston bosh vaziri kortej va yo‘llarni to‘sib qo‘yishdan bosh tortgani xabar qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: