Qirg‘iziston parlamenti yangi bosh prokuror nomzodini tasdiqladi

Jahon 17:41 / 25.04.2018 5681

Qirg‘iziston parlamenti deputatlari mamlakat bosh prokurori lavozimiga O‘tkurbek Jamshitov nomzodini ko‘rib chiqishdi va tasdiqlashdi. Uning nomzodi uchun 109 deputat ovoz bergan, qarshi ovozlar bo‘lmagan, deya xabar beradi kabar.kg sayti.

Manbaga ko‘ra, ovoz berish jarayoni maxfiy ravishda elektron jihozlarsiz o‘tgan.

Jamshitovning nomzodi Qirg‘iziston prezidenti Sooranboy Jeenbekov tomonidan taqdim etilgan. Sobiq bosh prokuror Indira Jolduboyeva prezidentning 13 apreldagi farmoni bilan lavozimidan chetlatildi.

Foto: kabar.kg
O‘tkurbek Jamshitov

Jamshitov nomzodini ko‘rib chiqishda deputatlar davlat organlarida korrupsiyaga, shuningdek fuqarolarning konstitutsion huquqlari himoyasiga e'tibor qaratishni so‘rashdi. 

Qator parlamentariylar qo‘zg‘atilgan jinoiy ishlarni, ayniqsa davlat xizmatchilari, huquq-tartibot va sud organlari vakillari ishtiroki qayd etilgan ishlarni tugallash zaruratini ta'kidlashdi.

Bundan tashqari, parlamentariylar Qirg‘iziston fuqarolari ekstraditsiyasiga doir ishlar kuchaytirilishi kerak deb hisoblashadi. 

Deputat Tinchtik Shoynazarov 2019 yilning 1 yanvaridan qator yangi Kodekslar kuchga kirishini ta'kidladi.

Yana bir deputat Akilbek Japarov esa 2014 yilda kontrabanda bo‘yicha qo‘zg‘atilgan 259 ishdan 29 tasigina sudgacha borib yetgani, 2015 yilda 269 jinoiy ishdan 17 tasigina sud organlari tomonidan ko‘rib chiqilgani va 6 nafargina kishi jazoga tortilganini qayd etdi.

Shuningdek deputatlar bosh prokurorlikka nomzodga davlatga yetkazilgan moddiy zararni qaytarishga doir ishlarni kuchaytirishni taklif qilishdi.

 

Ko‘proq yangiliklar: