IShID 3 milliard yevroga egaligi taxmin qilindi

Jahon 18:47 / 25.04.2018 15249

IShID terrorchi guruhi 3 milliard yevro miqdoridagi kapitalga ega bo‘lishi mumkin. Fransiyaning Europe 1 radiostansiyasi mamlakat hukumati tomonidan tashkil etilgan, 25-26 aprel kunlari Parijda o‘tkazilayotgan  terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashga bag‘ishlangan anjuman arafasida shu haqida xabar berdi.

Radiostansiya asoslanuvchi G‘arb maxsus xizmatlari ma'lumotlariga ko‘ra, pullar uch yil davomida Iroq shimoli va Suriyadagi noqonuniy bosib olingan yerlar va neftning noqonuniy savdosi hisobiga to‘plangan. Xususan, manbada ta'kidlanishicha, terrorchilarga qarashli hududlarda muayyan bosqichda Iroq qishloq xo‘jalik don mahsulotlarining 40 foizi va Suriya paxtasining 80 foizi yetishtirilgan. Shuningdek terrorchilar nasroniylar, shialar va yozidlarning shaxsiy mulkini musodara qilish bilan ham shug‘ullanishgan.

 

Ko‘proq yangiliklar: