«Hi-tech bank» mutasaddilarini 500 ming dollarga «uxlatgan» shaxslar ushlandi

O‘zbekiston 17:07 / 25.04.2018 21112

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan jinoiy ishlar tergov qilinmoqda, uning davomida guvohlar va jabrlanuvchilar ham taklif etilmoqda. Bu haqda Bosh prokuroratura saytida xabar qilingan.

Qayd etilishicha, 2018 yilning 22 aprel kuni Bosh prokuratura tomonidan fuqaro A.Sarkisyan qo‘lga olingan, u ayblanuvchi Ya.M.ning 200 ming AQSh dollari miqdoridagi pul mablag‘larini o‘zlashtirgan. Ushbu shaxs ayblanuvchini go‘yoki mansabdor shaxslarga pora berish sababi bilan javobgarlikka tortilmasligini ta'minlashi kerak bo‘lgan.

Shuningdek, fuqarolar S.Aleksandrov va Ye.Fozilov ham qo‘lga olingan. Ular «Hi-tech bank» mansabdor shaxslari L.Z. va U.I.dan tekshirishlarda aniqlangan kamchiliklarni kamaytirib ko‘rsatish hamda ularga nisbatan ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish chorasini qo‘llamasdan yengillik berish uchun firibgarlik yo‘li bilan 500 ming dollar pul olgan. 

Foto: O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi

2016-2017 yillarda F.Andreyev, R.Rafikov, D.Mashkovskiy uchta jinoiy ish bo‘yicha ayblanuvchilarning yaqin qarindoshlari ishonchiga kirib, ularga jinoiy javobgarlikdan ozod qilish va oqlov haqida va'da berib, ularni aldab, buning uchun go‘yoki mansabdor shaxslarga 150 ming AQSh dollari miqdorida pora berish kerakligini aytishgan. Ular firib yo‘li bilan umumiy hisobda 50 ming AQSh dollari va taxminan 20 mln so‘mni olgan.

“Hurmatli fuqarolar, jinoiy ishlarga aloqador shaxslar qarindoshlari va yaqinlari, ushbu ko‘rsatilgan salbiy faktlarni inobatga olgan holda, Bosh prokuratura sizni hushyorlikka, yolg‘on va'dalarga ishonmaslikka chaqiradi va bunday holatlar haqida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga xabar berishni so‘raydi”, - deyiladi xabarda.

Ta'kidlanishicha, tergov manfaatlari tufayli yuqoridagi shaxslarning ism-familiyalari o‘zgartirilgan.

 

Ko‘proq yangiliklar: