Germaniya Suriyaga 1 mlrd yevro ajratishni rejalashtirmoqda

Jahon 11:36 / 25.04.2018 6791

GFR Tashqi ishlar vazirligining ma'lum qilishicha, Germaniya hukumati Suriyaga insonparvarlik yordami uchun 1 mlrd yevro taqdim etadi.

Bu haqda idoraning Twitter’dagi sahifasida xabar berilgan.

«Biz Suriyadagi insonlarni shunchaki tashlab qo‘yishimiz kerak emas», - deya aytib o‘tdi tashqi ishlar vaziri Hayko Maas. «Germaniya insonparvarlik yordamiga qo‘shimcha tarzda milliard yevro ajratib beradi», - deyiladi bayonotda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq G7 davlatlari qo‘shma bayonotda Rossiyaning Suriya va Ukrainadagi xatti-harakatlarini «qabul qilib bo‘lmas» deb atagandi.

Ko‘proq yangiliklar: