G7 davlatlari Rossiyaning Suriya va Ukrainadagi harakatlarini keskin qoraladi

Jahon 10:19 / 25.04.2018 7136

G7 davlatlari qo‘shma bayonotda Rossiyaning Suriya va Ukrainadagi xatti-harakatlarini «qabul qilib bo‘lmas» deb atashdi. Bu haqda G7 davlatlari TIV rahbarlari va xavfsizlik vazirlari qo‘shma bayonotida aytiladi.

«G7 TIV rahbarlari tinchlik va xavfsizlik masalalari bo‘yicha umumiy tashvishga sabab bo‘layotgan holatlarni, jumladan Suriya, Ukraina hamda KXDRni muhokama etishdi. Vazirlar xalqaro tartibga bo‘lgan umumiy chaqiriqlar haqida so‘z yuritib, Rossiyaning beqarorlashtiruvchi xatti-harakati mavzusini ko‘tarishdi. Jumladan, Rossiyaning Suriya, Ukraina va boshqa qo‘shni mamlakatlardagi qabul qilib bo‘lmas harakatlari muhokama qilindi», - deyiladi bayonotda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «katta yettilik» davlatlari TIV rahbarlari Donbassdagi vaziyat tufayli Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy etilishi mumkin ekani haqida ma'lum qilishgandi.

 

Ko‘proq yangiliklar: