Yevroittifoqning eng katta davlat qarziga ega mamlakatlari ma'lum

Jahon 11:26 / 25.04.2018 19403

Yevroittifoq statistika xizmati YeIga a'zo bo‘lgan va eng katta davlat qarziga ega mamlakatlar bo‘yicha ma'lumotlarni e'lon qildi.

Ta'kidlanishicha, YaIMga nisbatan eng katta davlat qarzi darajasi 2017 yilning to‘rtinchi choragi holatiga ko‘ra, Gretsiya (178,6%), Italiya (131,8%), Portugaliya (125,7%), Belgiya (103,1%) va Ispaniyada (98,3%) bo‘lgan.

Shu bilan birga, eng yaxshi ko‘rsatkichlar Estoniya (9%), Lyuksemburg (23%), Bolgariya (25,4%), Chexiya (34,6%) hamda Ruminiyada (35%) qayd etilgan.

Aniqlik kiritilishicha, 2017 yilning to‘rtinchi choragi bo‘yicha ma'lumotlarga ko‘ra, Yevropa ittifoqi mamlakatlari o‘rtasidagi o‘rtacha davlat qarzi yil oxirida YaIM 81,6%ni tashkil etgan, bir yil avval esa bu ko‘rsatkich 83,3% darajada bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: