YeChL. "Liverpul" "Roma"ni yirik hisobda mag‘lub etdi

Sport 01:56 / 25.04.2018 32657

2017/18 yil Chempionlar ligasi 1/2 finalining ilk o‘yini o‘tkazildi. 

Unda "Liverpul" o‘z maydonida "Roma"ni qabul qilib, yirik hisobda g‘alaba qozondi – 5:2. 

Maydon egalari safida Saloh hamda Firmino dublga erishgan bo‘lsa, yana bir gol Mane tomonidan kiritildi. Mehmonlar safida Jyeko hamda Perotti 1tadan gol urishga muvaffaq bo‘ldi. 

Javob o‘yini 2 may kuni Rimda bo‘lib o‘tadi. 

Liverpul Angliya – Roma Italiya 5:2

Gollar: 1:0 – 35 Saloh, 2:0 – 45 Saloh, 3:0 – 56 Mane, 4:0 – 61 Firmino, 5:0 – 68 Firmino, 5:1 – 81 Jyeko, 5:2 – 85, penalti Perotti.
Liverpul – Karius, Aleksander-Arnold, Lovren, van Deyk, Robertson, Oksleyd-Chemberlen (Veynaldum, 18), Xenderson, Milner, Saloh (Ingz, 75), Firmino (Klavan, 90), Mane.
Roma – Alisson, Fasio, Manolas, Jyezus (Perotti, 67), Florentsi, de Rossi (Gonalon, 67), Strotman, Kolarov, Under (Shik, 46), Nainggolan, Djyeko.
Ogohlantirishlar: Jyezus (26), Aleksander-Arnold (39), Lovren (74), Xenderson (85), Fasio (88).

Ko‘proq yangiliklar: