«Biz tanlaymiz».​ Armanistondagi inqilob to‘lqini parlamentda ham davom etmoqda

Jahon 21:30 / 25.04.2018 7902

​​Arman inqilobiy federatsiyasi  «Dashnaktsutyun»​ hukmron Respublikachilar partiya bilan tuzilgan koalitsiyadan chiqishini bildirdi. Bu haqda Panarmenian nashri xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha,  «Dashnaktsutyun»​ Armaniston Milliy majlisida xalq ishonch bildirgan Bosh vazir saylanishi lozimligini ta'kidlamoqda. Inqilobchilar hukmron partiyaning oldindan hech qanday shart qo‘ymay, hukumatdan ketishini talab qilmoqda. Inqilobchilar yetakchisi Nikol Pashinyanning so‘zlariga ko‘ra, Serj Sargsyan Bosh vazir sifatida lavozimdan ketgan bo‘lsa-da, Respublikachilar yangi Bosh vazirni tanlash huquqiga ega bo‘lmasligi lozim.

Shunga qaramay, Respublikachilar partiyasi  «Dashnaktsutyun»​ning o‘rinlarini hisoblamaganda ham parlamentda eng katta mandatga ega siyosiy tuzilma sifatida faoliyat olib borishi mumkin. Unga ko‘ra, Milliy majlisdagi jami 105ta o‘rindan 58tasi mazkur partiya vakillariga tegishli. Bosh vazirni saylash uchun 53 nafar parlametariy ovozi talab etiladi xolos.

Ko‘proq yangiliklar: