Armanistondagi hukmron koalitsiya deputati muxolifat safiga o‘tdi

Jahon 18:03 / 25.04.2018 5384

Armanistonda hukmron koalitsiya tarkibiga kiruvchi "Dashnaktsutyun" parlament fraksiyasi deputati Suren Manukyan Nikol Pashinyanning mamlakatda hokimiyatni o‘zgartirishga intilayotgan muxolifat harakatiga qo‘shilmoqda. 

"Men parlament deputati sifatida chetda tura olmayman va xalq harakatiga qo‘shilaman. Bu mening shaxsiy qarorim", - deya yozgan Manukyan Facebook’da. "Dashnaktsutyun" fraksiyasi hozircha deputatning qaroriga izoh bermadi.

Muxolifat yetakchisi Nikol Pashinyan ("Yelk" fraksiyasidan deputat) bir palatali parlamentning 105 deputatidan 53 nafari nomzodi uchun ovoz bersa, Armaniston bosh vaziriga aylanadi. Pashinyanning tarafdorlari 40 parlamentariy qo‘llab-quvvatlovini olib bo‘ldi. Agarda Manukyan Pashinyan nomzodiga o‘z ovozini bersa, unga yana 12ta ovoz talab etiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Armanistonda muxolifat saylovlarda qanday shartda ishtirok etishini ma'lum qilgandi.

 

Ko‘proq yangiliklar: