Armanistonda muxolifat saylovlarda qanday shartda ishtirok etishini ma'lum qildi

Jahon 14:22 / 25.04.2018 7034

Armanistonda muxolifat parlamentlik saylovlarini boykot qiladi. Bu, agarda saylovlar hukmron Armaniston Respublika partiyasidan bo‘lgan bosh vazir ishtirokida o‘tsa yuz beradi, deya ma'lum qildi norozilik harakati yetakchisi Nikol Pashinyan.

Pashinyan Facebook’da joylashtirilgan videomurojaatda bosh vazir vazifasini vaqtincha bajaruvchi Karen Karapetyanning navbatdan tashqari parlament saylovlarini o‘tkazish imkoniyati to‘g‘risidagi bayonotiga izoh berdi.

"Ular saylovlar bosh vazir vazifasini bajaruvchi Armaniston Respublika partiyasidan vakil bo‘lgani holda o‘tishini xohlashmoqda. Bu saylovlar qanday o‘tishini esa biz 2017 yilda ko‘rdik... Biz bu saylovlarni shunchaki boykot qilishimiz mumkin. Shu bilan birga, bu boykotda saylov uchastkalari to‘sib qo‘yiladi va Armaniston Respublika partiyasining uyg‘onishi bo‘yicha tadbirlar tashkil etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi", - deya ta'kidlab o‘tdi Pashinyan.

Uning bildirishicha, muxolifat mitinglari talablar bajarilmagunga qadar davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Armanistonda parlamentga navbatdan tashqari saylovlar boshqa muddatga ko‘chirilishi mumkin ekani xabar qilingandi

 

Ko‘proq yangiliklar: