Armaniston yangi bosh vaziri Pashinyan bilan uchrashishdan bosh tortdi

Jahon 11:21 / 25.04.2018 7216

Armaniston bosh vaziri vazifasini vaqtincha bajaruvchi Karen Karapetyanning ma'lum qilishicha, muxolifat yetakchisi Nikol Pashinyan bilan rejalashtirilgan uchrashuv chorshanba, 25 aprel kuni o‘tkazilmaydi. Bunga hukumatga qo‘yilgan yangi talablar sabab bo‘ldi.

«Avvaldan ma'lum qilingan uchrashuv o‘tkazilmaydi, sababi Pashinyan bir tomonlama tartibda yangi talablar qo‘ydi, jumladan shakl, kun tartibi va uchrashuvni yoritish bo‘yicha», - deya ta'kidlanadi hukumat saytida e'lon qilingan bayonotda.

Avvalroq Nikol Pashinyan xalq «unga mas'uliyat yuklasa», bosh vazir bo‘lishga tayyor ekanini ma'lum qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Yevroittifoqning Yerevandagi delegatsiyasi rahbari, elchi Petr Svitalskiy Yevropa ittifoqi Armanistonga demokratiyani mustahkamlashda yordam ko‘rsatishi haqida ma'lum qilgandi.

 

Ko‘proq yangiliklar: