AQSh kongressi Vashingtonga Suriya hukumatiga yordam berishni taqiqladi

Jahon 09:33 / 25.04.2018 4976

AQSh kongressining quyi palatasi Qo‘shma Shtatlar tomonidan Suriyaning ushbu davlat hukumati nazorati ostida bo‘lgan hududlarda tiklash ishlari bo‘yicha istalgan yordam taqdim etilishini taqiqlovchi qonun loyihasini qabul qildi. Bu haqda RIA «Novosti» quyi palataning xorijiy ishlar bo‘yicha qo‘mitasi bayonotiga asosan xabar bermoqda.

«Qo‘shma Shtatlarning siyosati shundayki, Suriyada tezkor tiklanish, rekonstruksiya yoki barqarorlashtirish maqsadida Qo‘shma Shtatlar tomonidan taqdim etiluvchi yordamdan faqat demokratik Suriyada yoki Suriyaning Bashar Asad rahbarligidagi rejim yoki u bilan bog‘liq kuchlar nazorati ostida bo‘lmagan tumanlarida foydalaniladi», - deyiladi qonun loyihasi matnida.

Hujjat yordam ko‘rsatish imkoniyatini saqlab qoladi. Biroq buning uchun AQSh prezidenti kongressning tegishli qo‘mitalariga Suriya hukumati «oddiy aholi va fuqarolik infratuzilmasiga hujumlarni to‘xtatgani», «barcha siyosiy mahbuslarni ozod etish bo‘yicha zarur qadamlarni qo‘yayotgani», «erkin va halol saylovlarni tashkil etish jarayonida ekani», «ballistik va qanotli raketalarni ishlab chiqarish hamda joylashtirishni to‘xtatgani» bo‘yicha dalillar taqdim etishi lozim bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Checheniston rahbari Ramzon Qodirov Suriyadagi vaziyat Chechenistonda 90-yillarda yuz bergan hodisalarga o‘xshash ekani haqida ma'lum qilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: