AQSh yadro kelishuvidan chiqsa, atom obektlari ishi tiklanadi - Eron 

Jahon 15:42 / 25.04.2018 5287

Eron Islom Respublikasi milliy xavfsizlik bo‘yicha oliy kengashi kotibi Ali Shamxoniyning ma'lum qilishicha, Amerika tomoni yadroviy kelishuvdan chiqadigan bo‘lsa, Eron to‘xtatib qo‘yilgan atom obektlarini yana ishga tushiradi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

«Biz yadroviy obektlarimiz ishini Eron yadro dasturi bo‘yicha kelishuvdan avvalgi faollik darajasiga qaytara olamiz», - deya aytib o‘tgan Shamxoniy.

Shuningdek uning qo‘shimcha qilishicha, Tehron AQShning bosimiga o‘rganib qoldi, kelishuv esa xalqaro xavfsizlik uchun ahamiyatli narsa.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron bilan yadroviy kelishuvda ishtirok etayotgan Yevropa davlatlari AQSh kelishuvni tark etmaydigan shartlarni ishlab chiqishgani xabar berilgandi. Ma'lumotlarga ko‘ra, Buyuk Britaniya, Germaniya va Fransiya AQSh bilan kelishuv borasida kelishib olgan. Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Tramp, kutilishicha, Eronga qarshi navbatdagi sanksiyalar joriy etishni to‘xtatib turadi. Yadroviy kelishuv katta o‘zgarishga yuz tutmaydi, biroq uning alohida qismlari o‘zgartiriladi.

 

Ko‘proq yangiliklar: