O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi tovar aylanmasi bir oyda 50,2 foiz o‘sdi

Iqtisodiyot 14:55 / 24.04.2018 5519

O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi tovar aylanmasi 2018 yilning yanvar-fevral oylarida 50,2 foiz o‘sib, qariyb 600 million AQSh dollarini tashkil etdi. Bu haqida “Expo-Russia Uzbekistan-2018” xalqaro ko‘rgazmasining ochilishiga bag‘ishlab o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma'lum qilindi, deb yozmoqda “Xalq so‘zi”.

O‘z navbatida, Rossiyaning mamlakatga kiritgan investitsiyasi hajmi 8,5 milliard dollardan oshib ketdi.

Rossiyaning O‘zbekistondagi savdo vakili o‘rinbosari Leonid Pokrovskiyning aytishicha, soliq, bojxona va valyutaga oid qonunchilikning liberallashtirilishi, shuningdek, mintaqaviy darajada savdo-iqtisodiy hamkorlikning optimallashtirilishi o‘zaro savdo-sotiqning bunday shiddatli rivoj olishida ijobiy omillarga aylandi.

Eslatib o‘tamiz, shu haftada Toshkent mezbonlik qilayotgan yuqoridagi xalqaro ko‘rgazmada O‘zbekiston, Rossiya Federatsiyasi va Markaziy Osiyo davlatlaridan energetika, mashinasozlik, metallurgiya, qurilish, transport, telekommunikatsiya va aloqa, kimyo sanoati, agrosanoat kompleksi, xalq iste'moli mollari kabi tarmoqlarda faoliyat yuritadigan 200dan ortiq kompaniya ishtirok etyapti.  

 

Ko‘proq yangiliklar: