Messining Ispaniya Kubogi finalidan keyingi fotosurati internetni «portlatdi»

Sport 21:45 / 24.04.2018 28466

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi Ispaniya Kubogi finalidan o‘rin olgan «Sevilya»ga (5:0) qarshi o‘yindan so‘ng, o‘zga sayyoralik ekani haqidagi mish-mishlarning yana bir bor ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari «Barselona»ning janubiy amerikalik futbolchilari Koutino, Suares, Paulino, Mina va Messi tushgan fotosuratda Lionelning o‘ng oyog‘ida oltinchi barmoq borligini payqab qolishdi.

Bu optik illyuziyami yoki fotomontajmi ma'lum emas. Biroq, Messining oltinchi barmog‘i ijtimoiy tarmoqlarda katta shov-shuvga sabab bo‘ldi.

Ko‘proq yangiliklar: