Mehmon shunday kutiladimi - Yoshlar nimaga ittifoq qilishgan?

Jamiyat 22:40 / 24.04.2018 66874

Turkmaniston prezidentining yurtimizda kutib olinishi ijtimoiy tarmoqlarda va milliy veb-saytlarda qizg‘in muhokama qilinmoqda. Kimdir oqlayapti, yana kimdir tanqid qilmoqda. Xo‘sh, o‘zi nimaga bunday bo‘ldi?

Birinchidan, hammasi hukumat darajasida bajarilgan. Davlat aralashmagan joy qolmadi. Vazirlar mahkamasi – tegishli ta'lim vazirliklari – ta'lim muassasalari – rektorat – dekanat - TALABA. Va mana natija:

 

Image

 

Birinchidan, bu narsa qonuniy emas. Fikrimizcha, ta'lim sohasi vazirliklari bu kunni «dam olish kuni» deb e'lon qilib, ayrim ta'lim muassasalariga bir-ikki kunga ruxsat berishi qiyin ish emasdi. Nahotki shunday buyruq chiqarish qiyin bo‘lsa?

Masalan, (balkim misol qo‘polroqdir, biroq biz harakat qildik) tubandagidek buyruq chiqarish mumkin edi:

Buyruq №123

Turkmaniston prezidentining tashrifi munosabati bilan hamda diplomatik va do‘stona aloqalarni mustahkamlash maqsadida 1, 2, 3, 4 va 5-ta'lim muassasalariga **-** aprel kunlari Turkmaniston prezidentini kutib olishga ruxsat berilsin.

Qayd etib o‘tilsinki, shu kunlari nomlari ko‘rsatib o‘tilgan ta'lim muassalari talabalari darslardan ozod etilsin. Qoldirilgan darslar qo‘shimcha soatlar hisobiga to‘ldirilishi belgilab qo‘yilsin.

Va h.k. va sh.k.

Vazir A.B.V

Imzo. Sana.

Qish allaqachon tugadi, ayiqlar ham allaqachon qish uyqusidan uyg‘onib bo‘lishgan. Yoshlar tashkilotlari qachon uyg‘onishadi? O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi, uyg‘oninglar axir, tashqarida allaqachon aprel.

Nahotki ta'lim muassalari bilan hamkorlikda #meetthepresident yoki #friendshipturkmenistan heshteglari ostida kutib olish marosimini tashkillashtirish shu qadar qiyin bo‘lsa? Trassa bo‘ylab chiroyli kutib olish marosimini tashkillashtirish mumkin edi.

Tashkilot rasmiy veb saytining rus tilidagi versiyasini ochamiz. So‘nggi yangilik:

Image

Ha, 2018 yil 20 apreldan juda dolzarb yangilik, lekin O‘zbekiston yoshlari sizning «qanotingiz» ostida-ku? Hech bo‘lmaganda, nazariy jihatdan. Sizlarning hattoki nomlaringizni o‘zgartirib berishdi — Yoshlar ittifoqi deb. Marhamat qilib, yoshlarni birlashtiring.

Nahotki Yoshlar ittifoqiga kutib olishni tashkil qilish uchun kreativlik va kuch-g‘ayrat yetishmagan? Agar tashkilot o‘z ortidan yoshlarni ergashtira olmasa bu qanday tashkilot bo‘ldi?

Boz ustiga, Turkmaniston prezidenti tashrifi haqida 20 apreldayoq e'lon qilishdi (mish-mishlar bir oycha avval paydo bo‘lgan edi). Buyruqni 20 aprel kuni chiqarib, tayyorgarlik va yig‘inni 21-22 aprel kunlari o‘tkazib, 23 aprel kuni ertalab fleshmob uyushtirish mumkin edi.

Yoshlar esa bundan faqat xursand bo‘lishardi, chunki:

- ular rasman darslardan ozod etilgan;

- ular fleshmobda qatnashishadi;

- hammasi qonuniy!

Endi esa, mana, qo‘l qovushtirib o‘tiribmiz. Buyruq yo‘q, hammani quvishgan, yoshlar internetda turli ijobiy va salbiy axborotlarni yoyishmoqda.

Darvoqe, matnda «mumkin edi» iborasini ko‘p ishlatdik, lekin baribir hammasi bundan-da yaxshiroq bo‘lishi mumkin edi!

Ko‘proq yangiliklar: