Xitoy AQShda inson huquqlari buzilishi haqida doklad tayyorladi

Jahon 21:15 / 24.04.2018 8964

Xitoy davlat kengashi AQSh davlat departamenti avvalroq chop etgan dokladga javoban “2017 yilda AQShdagi inson huquqlari haqida” deb nomlangan dokladni chop etdi va Vashington o‘zini “axloq sudyasi” va “inson huquqlari himoyachisi” deb e'lon qilgani, biroq AQShning o‘zida bu sohada vaziyatning muntazam yomonlashib borayotgani kuzatilayotganini qayd qilgan.

20 aprelda AQSh davlat departamenti dunyoda inson huquqlariga amal qilinishi haqidagi an'anaviy dokladini chop etib, unda Suriya, Shimoliy Koreya, Myanma, Xitoy, Eron, Turkiya, Venesuela va Rossiyani tanqid qilgan. 

“AQSh “inson huquqlari himoyachisi” rolini o‘ynashda davom etmoqda va “o‘zini ma'naviy sud'ya” deb hisoblab, boshqa davlatlardagi inson huquqlari sohasidagi vaziyatni va bu davlatlardagi ichki ishlarni o‘zicha qoralamoqda. Uning tanqidi bema'niligi va yanglishligi bilan ajralib turadi. Shunday his borki, go‘yoki dunyoda faqat AQShda inson huquqlariga amal qilish sohasida barchasi mukammaldek”, deb aytilgan dokladda. 

Hujjatda aytilishicha, AQShda jinoyatchilik darajasi ortib bormoqda, hukumat o‘qotar qurol bilan bog‘liq muammoni hal qilolmayapti, bunday qurol qo‘llash bilan bog‘liq jinoyatlar soni tobora ko‘payib bormoqda, xizmat majburiyatlarini bajarishda politsiyaning shafqatsizligi noroziliklarga sabab bo‘lmoqda, hukumat esa internetda fuqarolarning shaxsiy hayotiga surbetlarcha va o‘zi istagancha aralashmoqda va shaxsiy daxlsizlik, shaxsiy hayotning barcha chegaralarini buzmoqda va AQSh aholisining erkinligi jiddiy xavfga uchramoqda.

Hujjatda, shuningdek, AQShda irqiy munosabatlar yomonlashayotgani, irqiy nafrat negizida ko‘plab nizolar yuz berayotgani qayd qilib o‘tilgan. Misol sifatida sud ishlari bo‘yicha statistika keltirilgan. Unga ko‘ra, AQShda qora tanli erkaklar yevropoid irqi vakillaridan o‘rtacha 19,1 foizga kattaroq jazo muddati oladilar. Shuningdek, AQShda turli milliy ozchiliklar vakillarining maoshi anchagina past. Musulmonlarga nisbatan tahqirlash darajasi esa 2001 yil 11 sentabrdagi teraktlardan keyingi darajadan ham yuqori. 

Xitoylik tahlilchilar, shuningdek AQShda nochorlik darajasi yuqoriligini, mamlakatda 40 mln kishi nochorlikda yashashini, ulardan 18,5 mln nafari o‘ta nochor holatda yashashlarini ta'kidlab o‘tganlar.  

Shuningdek, AQShda ayollarni tahqirlash darajasi yuqori, ayollar borgan sari ko‘proq ruhiy, jismoniy va jinsiy zo‘ravonlik qurbonlariga aylanishmoqda. AQShda zo‘ravonlikdan bolalar ham himoyalanmagan, imkoniyati cheklangan odamlar esa kamsitish va ta'qiblarga uchraydilar.   

Dokladda AQShning turli shtatlarida yuz bergan ommaviy qotilliklar ham eslab o‘tilgan. AQShning boshqa davlatlardagi harbiy amaliyotlari esa ko‘plab odamlarning o‘limi va inson huquqlarining ko‘plab buzilishlariga sabab bo‘lmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: