O‘zbekiston iqtisodiyotida agrar sektori muhim o‘rinni eganlaganligini inobatga olib, qishloq xo‘jalik tashkilotlari, shu jumladan baliq xo‘jaliklari muhim imtiyozlarga erishdi. KUN.UZ muxbiri 24 aprel kuni Xalqaro Press-klubning "Baliqchilik: yetti xazinaning biri yoxud islohotlarning yangi bosqichi" mavzusidagi sessiyasida berilgan ma'lumotlarga asoslanib, shu haqida xabar berdi.
“O‘zbekbaliqsanoat” assotsiatsiyasi, “Baliqsanoat” MChJ va shular tarkibiga kiruvchi yuridik shaxslar 2023 yilning 1 yanvariga qadar daromad jihatidan yagona soliq to‘lovini to‘lashda imtiyozlarga ega bo‘ladi. Xususan, assotsiatsiya «O‘zbekbaliqsanoat», «Baliqsanoat» MChJ va uning tarkibiga kirguvchi yuridik shaxslar uchun 2023 yilning 1 yanvarigacha baliq mahsulotlaridan tushgan daromadga nisbatan imtiyozlar joriy qilingan.
Shu bilan birga, ATB «Ipoteka-bank» tarafidan sohadagi loyihalarni hammoliyalashtirish, konsalting, axboriy-tahliliy va marketing xizmatlarini ko‘rsatuvchi dasturlarga ko‘maklashish maqsadida yangi sarmoya kompaniyasi tuzilmoqda.
Bundan tashqari, “Ipoteka-bank” AT banki tomonidan baliqchilik sohasini rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan zamonaviy texnologiyalarni xarid qilishga imtiyozli, ya'ni 5 yil muddatga Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasida imtiyozli kreditlar ajratib boriladi.