O‘zbekiston bo‘yicha 2018 yilda nechta qishloq va mahalla obodonlashtiriladi?

O‘zbekiston 17:20 / 23.04.2018 87599

2018 yil 29 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Obod qishloq» dasturi to‘g‘risida»gi PF-5386-son farmoni imzolangandi.

«Obod qishloq» dasturini amalga oshirishni muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasiga taqdim etilgan ma'lumotlarga ko‘ra, barcha viloyatlar, Toshkent shahri va Qoraqalpog‘iston Respublikasidan «Obod mahalla va qishloq» dasturi amalga oshiriladigan qishloqlar va mahallalar to‘g‘risidagi ma'lumotlar jamlangan.

Unga ko‘ra, respublikamizda 2018 yil mobaynida 370 qishloq va mahallalar dasturga binoan obodonlashtiriladi. Ushbu qishloq va mahallalardagi 301 ming 969 xonadonda 1 million 550 ming 498 nafar aholi istiqomat qiladi. Obodonlashtirish ishlariga biriktirilgan tashkilotlar respublika bo‘yicha 6396tani tashkil etmoqda.

Qayd etib o‘tish kerak, viloyatlar va Qoraqalpog‘iston Respublikasining har bir tumanida 2tadan mahalla va qishloq «Obod qishloq» dasturi bo‘yicha obodonlashtirilishi nazarda tutilgan. Samarqand shahrida 2ta mahalla, shuningdek, Toshkent shahrining 11ta tumanida 4tadan jami 44ta mahalla ham dastur bo‘yicha obodonlashtiriladi.

Obodonlashtiriluvchi qishloq va mahallalarga viloyat va tumandan mas'ul shaxslar, shuningdek, mas'ul loyiha tashkilotlari ham belgilab berilgan.

Ko‘proq yangiliklar: