Turbulentlikka tushgan samolyotning oynasi chiqib ketdi (video)

Fan-texnika 00:03 / 23.04.2018 20685

Air India aviakompaniyasining 19 aprelda Amritsar va Nyu-Dehli o‘rtasidagi parvozni amalga oshirayotgan samolyoti turbulentlikka tushib, kuchli silkinishi vaqtida illyuminatori oynasi chiqib ketdi. Bu haqda NDTV telekanali xabar berdi. 

“Hech qachon bunday vaziyatga duch kelmaganman. Biz 10-12 daqiqa davomida kuchli turbulentlik hududidan o‘tganmiz”, deb aytgan uchuvchi.

Voqea oqibatida 3 kishi mayda jarohatlar olgan. Bunga chiqib ketgan oyna emas, balki yuqoridagi tokchalardan tushgan yuk sabab bo‘lgan.  

Hammasi bo‘lib samolyotda 236 yo‘lovchi va 6 nafar ekipaj a'zosi bo‘lgan. Reys 6 yilgina foydalanilayotgan Boeing 787 modeli yordamida bajarilgan. 

 

 

Ko‘proq yangiliklar: