Kalekim qurilish mahsulotlari - ekologiya tozaligi va yuqori sifat garovi

Iqtisodiyot 16:52 / 23.04.2018 6636

21 aprel kuni Toshkent shahrining markazi, G‘afur G‘ulom ko‘chasida Turkiyaning Kale Gallery kompaniyasi tizimidagi Kalekim brendining rasmiy do‘koni ish boshladi.

Tantanali tadbirda kompaniya mutasaddilari, nufuzli biznesmenlar, ommaviy axborot vositalari vakillari hamda keng jamoatchilik ishtirok etishdi.

1973 yilda tashkil etilgan Kalekim AJ o‘z faoliyatini keramika uchun yelim va chok uchun zatirka ishlab chiqarish bilan boshlab, hozirda barcha turdagi qurilish kimyoviy materiallari, xususan, tayyor rang suvoq qorishmalari, Kalecolor markali ichki va tashqi ishlar uchun bo‘yoqlar, dekorativ fasad suvoqlari ishlab chiqaradi.

Turkiya bozorida Kalekim keramika uchun yelim va zatirkalar sotuvi hajmi bu sohadagi umumiy savdolarning 60%dan ortig‘ini tashkil etadi.

Yaqinda «Dow Chemical» va «Mardav» kompaniyalari bilan birgalikda Blue’Safe Mavi Kale tovar markasi yaratildi, u issiqlikni izolyatsiya qiladigan materiallar bozorida birinchilikni ushlab turibdi.

Kalekim AJ so‘nggi vaqtlarda, gidroizolyatsion materiallar sohasida jiddiy rivojlanib, bu sohada yetakchi o‘rinni egallashni rejalashtirmoqda. Kale fasadlar va ichki qoplamalar uchun bo‘yoqlar, dekorativ fasad suvoqlari savdo markasi, o‘z sohasida Turkiyaning eng yirik besh savdo markasi orasiga kiradi.

Kalekim texnologiyalar, tadqiqot va ishlab chiqarish sohasida to‘plangan tajribaga asoslangan holda, ishlab chiqarishning geografik joylashuvidan qat'i nazar, Yevropa Ittifoqining sifat standartlariga javob beradigan mahsulotlar ishlab chiqariladi - ular ISO 9001 va Yevropa TSE standartlashtirish sertifikatiga ega.

Kalekim ishlab chiqarish tuzilmalari mamlakat ichkarisida Istanbul, Isparta, Mersin, Yozgat va Mardinda joylashgan. Shuningdek, bugungi kunda Kalekim Turkiyada 5ta, Rossiyada 1ta zavodga ega bo‘lib, ishlab chiqarishning umumiy yillik hajmi 800 ming tonnaga teng.

Kompaniyaning eksport bo‘yicha mintaqaviy direktori Senjyer Chaqitli gaplariga ko‘ra, O‘zbekiston bozori Kalekim mahsulotlari uchun jozibadordir: «Biz O‘zbekiston bozoriga o‘z sifatli mahsulotlarimizni taqdim qilishdan mamnunmiz. Ishonamizki, mijozlar ham bu mahsulotlardan mamnun bo‘lishadi. Markaziy Osiyoda aynan O‘zbekiston bozorining imkoniyatlarini yuqori deb baholaymiz. Bu bizga mahalliy tadbirkorlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, mijozlarni o‘z mahsulotlarimiz bilan xushnud etish imkoniyatlarini beradi. Bugungi taqdimot kichkina debocha hisoblanadi. Kelajakda rejalarimiz juda ko‘p. Faqatgina Toshkentda emas, balki O‘zbekistonning boshqa viloyat hamda shaharlarida do‘konlarimiz tarmog‘ini ochmoqchimiz».

Kalekim magazini direktori G‘ayrat Karimov so‘zlariga ko‘ra, kompaniya mahsulotlari ekologik toza va jahon standartlariga mosdir: «Kalekim buyoqlarining afzalligi - u bilan turli uslublarda ishlash mumkin. Xalqimizga taqdim etilayotgan mahsulotlarimiz ekologik toza hisoblanadi hamda jahon standartlariga to‘la javob beradi. Undan interer, ya'ni uyning ichki qismi uchun va ekstrer, ya'ni tashqi qism bezaklari uchun ham foydalanish mumkin. Biz taqdim etayotgan mahsulotlar orasida hali O‘zbekistonda umuman foydalanilmaganlari ham bor».

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: