«Bu oddiy holat edi» - Facebook foydalanuvchilari ma'lumotlarini berib yuborgan xodim 

Fan-texnika 14:41 / 23.04.2018 6387

Cambridge Analytica’ga ma'lumotlarni taqdim etgan Global Science Research firmasi asoschilaridan biri Aleksandr Koganning ma'lum qilishicha, avval bunday amaliyot oddiy narsa sifatida ko‘rilgan. Bu haqda CBS News xabar bermoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Facebook foydalanuvchilarining ma'lumotlarini boshqa kompaniyaga berish «juda oddiy va normal narsa bo‘lgan».

Shuningdek Koganning qo‘shimcha qilishicha, foydalanuvchilik shartnomasida tegishli band bo‘lgan, unga muvofiq foydalanuvchilar ma'lumotlari sotilishi mumkin edi.

Uning tan olishicha, bu Facebook qoidalariga zid narsa. Biroq, uning so‘zlariga ko‘ra, ijtimoiy tarmoq tomonidan hech qanday tanbeh berilmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Roskomnadzor Facebook’ni Rossiya hududida bloklashi mumkin ekani xabar qilingandi

 

Ko‘proq yangiliklar: