Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyevning xalqaro tashriflari: sarhisob va keyingi davlatlar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yil davomida 9ta davlatga, xususan 16 marta turli darajadagi tashriflarni amalga oshirdi. O‘zbekiston yetakchisining ilk rasmiy tashrifi bundan 13 oy avval, Turkmanistonga bo‘lgandi.
Shundan so‘ng, Ostona va Moskvaga rasmiy tashrifni amalga oshirgan Shavkat Mirziyoyev 2017 yilda Xitoy, Saudiya Arabistoni va AQShda ham bo‘ldi.

Joriy yilda Shavkat Mirziyoyevning ilk rasmiy tashrifi 9-10 mart kunlari Tojikiston Respublikasiga bo‘ldi. Oradan besh kun o‘tib, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining noformal maslahatlashuv yig‘ilishida ishtirok etish uchun Ostonaga uchib ketdi.

Ozarboyjonning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Huseyn Guliyevning xabar berishicha, taxminan may oyining ikkinchi yarmida Shavkat Mirziyoyevning Bokuga tashrifi kutilmoqda.
«Ikki davlat rahbarlarini juda yaxshi aloqalar bog‘lab turadi, ular bungacha bir nechta rasmiy tadbirlarda uchrashishgan, o‘zaro fikr almashishgan», deydi u.
Ma'lum qilinishicha, O‘zbekiston vakillari Bokuda neft va gaz sektorida, agro sanoat komplekslari, qurilish materiallari, oziq-ovqat sohasida hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha kelishuvlarga erishishi kutilmoqda. Shuningdek, tomonlar o‘zaro manfaatli bo‘lgan Boku-Tblisi-Kars yo‘nalishidagi temir yo‘l loyihasi bo‘yicha ham fikr almashishi rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, 2017 yil 11 oktabr kuni MDH doirasida Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashgan Belarus Respublikasi prezidenti Aleksander Lukashenkoning Toshkentga tashrifiga qizg‘in tayyorgarlik olib borilmoqda. U so‘nggi marta O‘zbekistonga 2016 yil 6 oktabrda tashrif buyurgandi. Shu orada mamlakatlar o‘rtasida diplomatik munosabatlar rivojlanib, hamkorlikning yangi bosqichi zabt etildi.

9 iyun kuni Xitoyda ShHTga a'zo davlat rahbarlarining sammiti o‘tkazilishi e'lon qilingan bo‘lib, katta ehtimol bilan ushbu sammitda Shavkat Mirzyoyevning ishtiroki tasdiqlanishi kutilmoqda.
Shavkat Mirziyoyevning Boku tashrifidan tashqari, bir vaqtning o‘zida Hindistonga rasmiy tashrif bo‘yicha ham muzokaralar olib borilmoqda. Bu haqda Hindiston Davlat Tashqi ishlari vaziri Mubashshir Javad Akbar Toshkentda o‘tkazilgan xalqaro anjuman davomida ma'lum qilgandi. Hindistonlik amaldorning ta'kidlashicha, ushbu uchrashuv joriy yilning kuz oylarida amalga oshirilishi mumkin.
Kuz faslida esa Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin Toshkentga tashrif buyurishi avvalroq tasdiqlangandi. Shunday qilib, hozircha eng ko‘p safarlar Qozog‘iston (5 marta), Turkmaniston (3 marta) va Rossiyaga (3 marta) uyushtirilgan.
Tavsiya etamiz
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
Bank kartalardan 1 mlrd so‘mga yaqin pullarni o‘zlashtirgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
Jamiyat | 21:42 / 14.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Barselona» dunyoning eng qashshoq davlatidan 44 million yevro oladi
Sport | 23:49 / 16.07.2025
-
AQSh xavotirda: BRICS G‘arb gegemoniyasini yiqitadimi?
Jahon | 23:14 / 16.07.2025
-
Ko‘kdaladagi portlash, Qoraqalpog‘istonda anomal harorat va Mirobodda ushlangan podpolkovnik – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:06 / 16.07.2025
-
Germaniyani jahon chempioni qilgan murabbiy O‘zbekiston bilan ishlashi mumkin
Sport | 22:44 / 16.07.2025
Mavzuga oid

21:25 / 09.07.2025
Shavkat Mirziyoyev Toshkent va Yangi Toshkent shahri uchun «Yechimlar atlasi» taqdimoti bilan tanishdi

20:51 / 08.07.2025
Yil boshidan buyon sodir etilgan jinoyatlarning 42 foizini kiberjinoyatlar tashkil qildi

06:15 / 20.08.2023
Shavkat Mirziyoyev Budapeshtda Viktor Orban bilan uchrashuv o‘tkazdi

20:36 / 18.08.2023