O‘zbekistonda yil boshidan beri muomaladagi naqd pullar qanchaga kamaydi? 

Iqtisodiyot 19:10 / 19.04.2018 24583

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki pul agregatlari dinamikasi haqida ma'lumot berdi

Unga ko‘ra, yil boshidan beri muomaladagi naqd pullar 1 trln 200 mlrd so‘mdan ko‘proqqa kamaygan. Ayni paytda milliy valyutadagi depozitlar va keng ma'nodagi pul massasi bazalari kengayishda davom etmoqda. 

Qayd etish joizki, keng ma'nodagi pul massasi o‘z ichiga muomaladagi naqd pullarni, talab qilib olguncha, jamg‘arma va muddatli depozitlarni, tijorat banklari tomonidan chiqarilgan milliy valyutadagi qimmatli qog‘ozlarni (aksiyalardan tashqari) hamda xorijiy valyutadagi depozitlarni oladi.

 

Ko‘proq yangiliklar: