Roskomnadzor Facebook qo‘yilgan talablarni bajarishiga umid qilmoqda

Fan-texnika 15:36 / 19.04.2018 2881

Roskomnadzordan ma'lum qilishlaricha, Facebook kompaniyasi Rossiya qonunchiligi talablaridan xabardor. Bu haqda FAN xabar bergan.

«Roskomnadzor Facebook kompaniyasi bilan doimiy muloqotda bo‘lib turibdi, shuning uchun Rossiya qonunchiligi talablari, jumladan rossiyaliklar shaxsiy ma'lumotini Rossiya hududida mahalliylashtirish rejalari ham kompaniyaga ma'lum. Shuningdek, kompaniya 2018 yil oxiriga qadar uning Rossiya hududidagi faoliyati Rossiya qonunchiligi normalarining bajarilishi yuzasidan tekshirilishi haqida ham xabardor etilgan», - deya aytib o‘tishdi idoradan.

Roskomnadzordan umid bildirishlaricha, Facebook «Rossiyada ishlashdan manfaatdor va yakunda mamlakat huquqiy maydoniga to‘laqonli kiradi».

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Roskomnadzor rahbari Aleksandr Jarov idora Facebook’ni Rossiya hududida bloklashi mumkin ekani haqida ma'lum qilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: