Rajab Erdo‘g‘an O‘zbekistondan tashrif buyurgan tadbirkorlar bilan muloqot qildi

Iqtisodiyot 21:20 / 19.04.2018 10504

Innovatsion rivojlanish vazirligi vakillari Turkiyaning Istanbul shahrida «Tadbirkorlikning global kongresi — GEC»da ishtirok etishdi. Dunyoning 170dan ortiq davlatidan 1100dan ortiq delegat ishtirok etgan tadbirda ishtirokchilar bugungi kunda jahon axbor ommasi oldidagi muammolar va ularning yechimlari masalalarini tilga olishdi. Kongressda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an ham qatnashib, nutq so‘zladi. Turkiya rahbari kongressning ochilish marosimidan so‘ng ishtirokchilar bilan ham uchrashdi.

Foto: O‘zbekiston Innovatsion Rivojlanish vazirligi matbuot xizmati
Foto: O‘zbekiston Innovatsion Rivojlanish vazirligi matbuot xizmati
Foto: O‘zbekiston Innovatsion Rivojlanish vazirligi matbuot xizmati

Xususan, O‘zbekiston Innovatsion Rivojlanish vazirligi vakillari bilan suhbatda yaqinda O‘zbekistonga amalga oshiradigan safari haqida ham ta'kidlab o‘tdi. Global Tadbirkorlik Kongressining rasman mezboni Turkiya Rivojlanish vaziri Lutfi Elvon Innovatsion rivojlanish vazirligining Tadqiqotlar va davlat hamda jamiyatga innovatsiyalarni joriy etish boshqarmasi boshlig‘i Bekzod Hamzayev bilan uchrashuv chog‘ida O‘zbekistonning o‘z idorasi bilan o‘xshash xususiyatli innovatsion vazirligi bilan hamkorlikka va har qanday taklifni o‘rganib chiqishga tayyorligini bildirdi.

Foto: O‘zbekiston Innovatsion Rivojlanish vazirligi  matbuot xizmati
Foto: O‘zbekiston Innovatsion Rivojlanish vazirligi matbuot xizmati

Shuningdek, Saudiyaning Tadbirkorlikni rivojlantirish vaziri Solih Al Rashid, Argentinaning Tadbirkorlar va kichik biznes sub'yektlari sanoat vazirligi bosh kotibi doktor Mariano Mayyer bilan, Ozarbayjon Iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari Sohib Mammadov, Paragvay va Xitoy Taypeyi vazirlari, BMTning YuNeSKO, Savdo va Rivojlanish tashkilotlari, Koreya Tadbirkorlari jamg‘armasi rahbari, Yevropa yosh tadbirkorlari palatasi vakillari va konsullar bilan ham uchrashuvlar tashkil etildi.

Yana bir muhim jihati, ayni kongress doirasida Global Tadbirkorlik Indeksiga kirish uchun muhim qadam tashlandi. Ya'ni, bu haqdagi deklaratsiyaga imzo chekildi. Eslatib o‘tamiz, Global Tadbirkorlik Indeksi 137ta davlatning har birida tadbirkorlik ekotizimlarning holatlarini belgilab beradigan indeks bo‘lib, u mamlakatning ichki va tashqi tadbirkorlikda qanday ishlayotganini ko‘rsatib beradi.

 

Ko‘proq yangiliklar: