«LUKOYL» Qandimdagi gazni Xitoyga eksport qiladi

Bugun, 19 aprel kuni Rossiyaning «LUKOYL» guruhi Buxoro viloyati hududida joylashgan Qandim konida gazni qayta ishlash majmuasini ishga tushirdi. Bu majmua barpo etilishi uchun jami 3,4 milliard dollar sarflangan.
Yangi zavodni ishga tushirish sanasining aynan 19 aprelga to‘g‘ri kelishi bejiz emas. Roppa-rosa ikki yil muqaddam, 19 aprel kuni ushbu zavod qurilishi boshlangan edi. Hyundai Engineering boshchiligidagi kompaniyalar konsorsiumi barcha ishlarni muddatidan 8 oy ilgari yakunlashdi.
Qandim majmuasi yiliga 8 milliard kubometr gazni qayta ishlaydi. Bu yerda tarkibida vodorod sulfidi bo‘lgan gazdan toza tabiiy gaz, gaz kondensati va oltingugurt olinadi. Zavodda tayyor mahsulotni magistral quvurlar orqali eksportga yo‘llash va transportga yuklash tizimlari mavjud.
Majmuaga gaz xom ashyosi Qandim guruhining 6ta gaz konlaridan yetkazib beriladi: Qandim, Quvachi-Olot, Akkum, Parsanko‘l, Hoji, G‘arbiy Hoji. Ushbu konlar Turkmaniston bilan chegara yaqinida joylashgan. U yerda 77ta gaz quduqlari kovlangan.
Bu yerdan gaz Xitoyga eksport qilinishi rejalashtirilgan.
«Bunday keng ko‘lamli loyihaning amalga oshirilishi jahon siyosatidagi turbulentlik sharoitlarida postsovet hududidagi umidli hamkorlar bilan aloqalarning rivojlanayotgani va mustahkamlanayotganini namoyish etadi», deyilgan «Lukoyl» xabarida.
«Lukoyl» O‘zbekistondagi Qandim-Havzak-Shodi-Qo‘ng‘irot va Janubiy-G‘arbiy Hisor loyihalari bo‘yicha sherikchilik qilishga erishish ustida ham ish olib bormoqda.
O‘tgan yilda kompaniya Hisor konlari guruhida «Janubi-G‘arbiy Hisor» loyihasining asosiy ishlab chiqarish obektlarini foydalanishga topshirgandi. Uning loyihaviy quvvati yiliga 5 milliard kubometrga yaqin. Hozirga kelib O‘zbekistonda «Lukoyl» boshqaruvi ostidagi loyihalarda gaz qazib olish hajmi 51 milliard kubometrga yetgan. «Lukoyl» O‘zbekistonga kiritadigan investitsiyasi hajmi 10 milliard dollar atrofida, shundan 7 milliard dollarni kompaniya investitsiya qilib bo‘lgan.
2020 yilgacha «Lukoyl» O‘zbekistonda yiliga 16 milliard kubometr gazni qayta ishlashga erishishni rejalashtirgan - shundan 8 milliard kubometri Qandimda, 5 milliard kubometri Hisorda, yana 3 milliard kubometr Havzakda.
Eslatib o‘tamiz, «Lukoyl» kompaniyasi O‘zbekiston bozorida 15 yildan buyon ishlab kelmoqda.
Qandim gazni qayta ishlash zavodi qurilishi mahsulotni bo‘lish shartnomasiga ko‘ra amalga oshirilgan. Dastlab shartnoma muddati 35 yil (2039 yilga qadar) belgilangan edi. 2015 yilda uning muddati yana 7 yilga (2046 yilga qadar) uzaytirilgandi.
Mavzuga oid

08:27 / 10.03.2025
SIPRI: AQSh qurol eksportini oshiryapti, Rossiya - qisqartiryapti

17:59 / 06.03.2025
“Namangan” maxsus eksport zonasi tashkil etiladi

12:30 / 06.03.2025
Qariyb 200 mln so‘mlik gazni talon-toroj qilgan kafe egasi ushlandi

12:22 / 06.03.2025