Hindiston vaziri internetni qadimgi hindlar ixtirosi deb atadi 

Fan-texnika 10:15 / 19.04.2018 8861

Hindistonning Tripura shtati vaziri Biplab Deb internetni qadimgi hindlar ixtirosi deb atab, internet foydalanuvchilarining kulgusini qistatdi. Bu haqda BBC News xabar berdi. 

Vazirning aytishicha, internet ming yil avval mavjud bo‘lgan va buning isboti sifatida qadimgi hind dostoni “Mahobxarat”ni keltirgan. Uning fikricha, dostondagi voqealar nafaqat internet, balki sun'iy yo‘ldosh ham qadimgi Hindistonda yaratilganini tasdiqlaydi.

Hindistonlik foydalanuvchilar Debning bu so‘zlari ustidan piching qila boshlashgan: ba'zilar qadimgi hindlar o‘z ixtirolari haqida ma'lum qilish uchun nima uchun Facebook yoki Siri’dan foydalanmaganlarini aytgan bo‘lsalar, boshqalar esa internetning qadimgi Hindistonda kashf qilinishi hindlarga trollar soni bo‘yicha yetakchi bo‘lishda yordam berganini aytib kesatishgan.

Hindistonlik amaldorlar zamonaviy ixtirolarni o‘zlarining bir necha asrlar oldin yashagan ajdodlariga tegishliligini birinchi marta aytishmayapti. Misol uchun, 2014 yilda Hindiston bosh vaziri Narendra Modi kosmetik jarrohlik qadimgi zamonlardayoq Hindistonda mavjud bo‘lganini, 2017 yilda Hindiston ta'lim vaziri Satyapal Singx esa samolyot qadimgi Hindistonda yaratilganini aytgan.

Ko‘proq yangiliklar: