Jahon | 22:11 / 19.04.2018
4770
1 daqiqa o‘qiladi

Cadillac rahbari iste'foga chiqdi

Foto: motor.ru

Cadillac avtomobil markasi prezidenti Yoxan de Nayssen o‘z lavozimini tark etadi. Ma'lum qilinishicha, u o‘z lavozimini boshqa qiziqishlari paydo bo‘lgani sababli darhol tark etadi. 

Yoxan de Nayssen o‘rnini General Motors’ning Kanadadagi bo‘limi boshlig‘i Stiv Karlayl egallaydi. 

De Nayssen General Motors’da 2014 yildan beri ishlab kelgan, u konsernga Infiniti’dan o‘tgan. Bungacha u Audi i Volkswagen’da rahbarlik lavozimlarini egallagan. 

Mavzuga oid