«Asabni asragan holda»: robotlar IKEA’dan stulni mustaqil yig‘ishga muvaffaq bo‘ldi

Fan-texnika 18:13 / 19.04.2018 4902

Sanoat robotlari ko‘p yillardan beri avtomobillar va boshqa texnikani mustaqil ravishda yig‘ib kelmoqda – bu holatda ular millimetr aniqlikka qadar detallarni qayerga mustahkamlashni biladi. Biroq mebel yig‘ish qurilmalar uchun muammo edi, sababi bunda kichik obektlar bilan ishlanadi, bir necha «qo‘llar» harakatini nazorat qilish va detallarni bir biri bilan taqqoslash talab etiladi. 2015 yilda Singapurdagi Nanyan texnologiyalar universiteti robotni bitta funksiyaga o‘rgatishdi – taxta detalni tegishli buyumga joylashtirish.

Uch yildan so‘ng o‘sha muhandislar robotlar yordamida IKEA’dan stulni yig‘ishga muvaffaq bo‘ldi, u aslida odamlar tomonidan yig‘ilishi kerak edi. Kuch datchiklari va 3-D kameraga ega ikkita «robotqo‘l» detallarni mustaqil ravishda topishi hamda harakatlarni muvofiqlashtirishi mumkin bo‘lgan. Tajribani «insoniy sharoitlarga» yaqinlashtirish uchun muhandislar detallarni turli joylarda joylashtirishdi – qurilmalarni ularni o‘zi izlagan.

Stulni yig‘ish robotlarda taxminan 20 daqiqa vaqtni oldi: vaqtning yarmi rejalashtirish va detallarni qidirishga ketdi. Wired jurnalistlarining ta'kidlashicha, texnologiya odamlarga IKEA’dan mebelni «asabiylashishsiz va haqoratlarsiz» yig‘ishda yordam beradi.

Ko‘proq yangiliklar: