Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kubada Kastrolar davri tugamoqda

Foto: Reuters
Kuba Davlat kengashi raisining birinchi o‘rinbosari Migel Dias-Kanel mamlakat parlamenti sessiyasi vaqtida Davlat kengashi raisi lavozimi (davlat rahbari) uchun rasman nomzod sifatida ko‘rsatildi.
Kengash raisi birinchi o‘rinbosari lavozimi uchun esa Salvador Valdes Mesa nomzodi ko‘rsatilgan. Ushbu 57 yoshli siyosatchi bir palatali parlamentdagi ovoz berish jarayonida deputatlar tomonidan tasdiqlansa, Kubada 1959 yildan buyon Kastrolar oilasi vakili bo‘lmagan ilk yetakchiga aylanadi.
U ayni vaqtda 86 yoshga chiqqan Raul Kastroni almashtirishi kutilmoqda. Ovoz berish yakunlari yaqin vaqtlar ichida e'lon qilinadi. Shundan so‘ng, Kastro lavozimini topshirishi kerak.
Kubaning hozirgi rahbari Raul Kastro bir necha marta 2018 yilgi saylovga o‘z nomzodini qo‘ymasligini ma'lum qilgandi. U o‘zining izdoshi sifatida aynan Dias-Kanelni ko‘rsatgan.
Raul Kastro Kubani 2008 yilning fevralidan boshqarishga kirishgan. U bu lavozimni katta akasi, 1976 yildan Kuba rahbari bo‘lgan Fidel Kastrodan qabul qilib olgandi.
Parlament sessiyasida Davlat kengashi raisi o‘rinbosarlari lavozimlariga Ramiro Valdes Menendes, Roberto Tomas Morales Oxeda, Gladis Mariya Bexerano Portela, Ines Mariya Chapman va Beatris Tompson Urrutiya, Davlat kengashi kotibi lavozimiga Omero Akosta Alvares nomzodi ko‘rsatilgan.
Ramiro Valdes - «keksa inqilobchilar» avlodidan kengash raisi o‘rinbosari lavozimi uchun yagona nomzod.
Kuba parlamentida yangi spiker saylandi. Saylovda yagona nomzod bo‘lgan Esteban Laso Ernandes qayta saylangan. Bundan tashqari, deputatlar spiker o‘rinbosari Ana Mariya Mari Machadoni qayta saylashgan.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Istanbuldan uchgan Uzbekistan Airways samolyoti favqulodda vaziyat tufayli aeroportga qaytdi
O‘zbekiston | 19:28
-
Qirg‘iz-o‘zbek xalqaro universitetidan 3 mingdan ortiq talaba chetlatildi
Jahon | 19:19
-
O‘zbekiston Butunjahon yozgi Universiadani 13-o‘rinda yakunladi
Sport | 19:16
-
Bosqichma-bosqich eski quvurlardan zamonaviy issiqlik tizimiga o‘tilmoqda - Veolia Energy Tashkent
O‘zbekiston | 19:00
Mavzuga oid

18:49 / 19.07.2025
Kuba prezidentlikka nomzodlar uchun 60 yosh chegarasini bekor qildi

13:32 / 10.05.2025
Rossiya biznesi Kuba iqtisodiyotiga 1 mlrd dollardan ortiq sarmoya kirityapti

09:15 / 15.01.2025
Kuba AQSh bilan kelishuv doirasida 553 mahbusni ozod qiladi

14:18 / 11.11.2024