Facebook, Microsoft va yana 30 ta kompaniya kiberhujumlarda ishtirok etmaslikka va'da berdi   

Fan-texnika 13:08 / 18.04.2018 2959

30 dan ko‘proq texnologik kompaniya, jumladan Facebook va Microsoft biror davlat hukumati tashkillashtirishi mumkin bo‘lgan kiberhujumlarda ishtirok etishdan voz kechish haqidagi kelishuvni imzoladi.  

Hujjatga ko‘ra, kompaniyalar bir-birlarining zaif tomonlari va xavfsizlikka tahdid haqidagi axborot bilan almashish majjburiyatini o‘z zimmalariga oladilar. Kelishuvni imzolagan kompaniyalar orasida Cisco, Juniper Networks, Oracle, Nokia, SAP, Dell, Symantec, FireEye va Trend Micro kabi kompaniyalari ham bor. AQShning Amazon, Apple, Alphabet va Twitter kabi texnologik kompaniyalari kelishuvni imzolashdan bosh tortgan. Shuningdek, kelishuvni imzolagan kompaniyalar orasida Rossiya, Xitoy, Eron va Shimoliy Koreyaning birorta kompaniyasi yo‘q.         

Microsoft prezidenti Bred Smitning aytishicha, u bir necha yil davomida jamoatchilikka kiberhududda o‘zini tutish qoidalarini o‘rnatadigan konsepsiya yaratish zarurligi haqidagi fikrni yetkazishga urinib kelgan. Aynan Smit 2017 yil San-Frantsiskoda kiberxavfsizlik bo‘yicha o‘tgan anjumanda texnologik kompaniyalarga bunday kelishuvni tuzishni taklif qilgan.

“O‘tgan yilgi vayronkor kiberhujumlar butun dunyo bo‘ylab tizimlarga ziyon yetkazdi, ularni yo‘q qildi va barbod qildi. Bu hujumlar borgan sari murakkablashib bormoqda va oddiy holga aylanmoqda”, deb aytgan Smit. Uning aytishicha, texnologik kompaniyalar kiberxavfsizlik uchun birinchi bo‘lib javobgardirlar.

Ko‘proq yangiliklar: