Eron dollardan foydalanishdan voz kechdi

Iqtisodiyot 23:40 / 18.04.2018 25199

Eron hukumati xalqaro tranzaksiyalarni amalga oshirishda dollardan yevroga o‘tishga qaror qildi. Ushbu qaror 18 aprelda Eron vazirlar mahkamasi yig‘ilishida qabul qilingan.

Hukumat qarori barcha vazirliklar, davlat tashkilotlari va kompaniyalari o‘z hisobotlari, axborot va moliyaviy ma'lumotlarida dollar o‘rniga yevroni qo‘llashlari kerakligini anglatadi. Eron markaziy banki endi rialning yevroga nisbatan kursini belgilashi kerak bo‘ladi.

Ushbu qaror aynan nima bilan bog‘langani ma'lum qilinmagan. Reuters axborot agentligining ta'kidlashicha, bu chora hukumatning ayirboshlash kurslarini boshqarish va arzonlashib ketgan milliy valyuta – rialni qo‘llab-quvvatlashga harakatlari ortida qabul qilingan. 

Eron riali 2017 yil sentabridan erkin savdolarda o‘z qiymatining yarmini yo‘qotgan. Bunga esa AQSh tomonidan yangi sanksiyalar kiritilishidan xavotirlar ham sabab bo‘lgan. 

10 aprelda Eron hukumati mamlakatda yagona ayirboshlash kursi (1 dollarga 42 ming rial) kiritilishini e'lon qilgandi. 

Ko‘proq yangiliklar: