Roskomnadzor Telegram ishiga ko‘mak ko‘rsatayotgan barcha resurslarni bloklamoqchi

Fan-texnika 16:13 / 17.04.2018 4667

Roskomnadzor Telegram’ni bloklash uchun barcha choralarni ko‘rish niyatida, bunda hattoki uning ishiga yordam ko‘rsatuvchi internet-resurslar ham bloklanishi mumkin. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.

«Taganskiy tumani sudi qarori bilan Roskomnadzorga Telegram Messenger Limited Liability Partnership tomonidan ishlashi ta'minlanuvchi internet-resurslarga kirish cheklanishi bo‘yicha majburiyat yuklandi. Shu sababdan, Roskomnadzor sud qarorini bajarish uchun lozim bo‘lgan barcha kerakli choralarni ko‘rmoqda va ko‘rishda davom etadi, jumladan Telegram kompaniyasi servislarining ishlashiga ko‘mak ko‘rsatayotgan internet-resurslarga kirish bo‘yicha cheklovlar joriy etilishi ham nazarda tutiladi», - deya xabar berishgan Roskomnadzor matbuot xizmatidan.

Shu bilan birga, idoradan e'tibor qaratishlaricha, sud qarori bilan Telegram’ga kirish uchun texnik sharoitlar yaratishni to‘xtatish majburiyati nafaqat Roskomnadzorga, balki «boshqa shaxslarga», ya'ni, jumladan VPN hamda proksi-servislarga egalik qiluvchi kompaniyalarga ham yuklangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Roskomnadzor Telegram tufayli 1 milliondan ortiq IP-manzilni bloklagani xabar berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: