Hindistonda dunyodagi eng yirik quyosh elektr stansiyasi quriladi   

Fan-texnika 07:37 / 17.04.2018 4751

Hindistonning Gujarot shtati ma'muriyati maxsus investitsiya hududi Dholera’da dunyodagi eng yirik quyosh bog‘i qurishga ruxsat berdi. Bu haqda Times of India nashri xabar bermoqda. 

Bog‘ning quvvati 5 GVtni tashkil qiladi, uning qurilishi 2022 yilgacha tugatilishi kerak. Quyosh bog‘i Kambey ko‘rfazi bo‘ylab 11 ming gektar maydonni egallaydi. Obekt hududda 20 mingdan ko‘proq ish o‘rni berishi rejalashtirilmoqda. Loyihaga kiritilgan investitsiyalar hajmi 4 mlrd dollardan oshadi. Bundan tashqari, hududda shamol bog‘i barpo etiladi, u yordamida 200 MVt elektr energiya olinadi.      

Yangi quyosh bog‘i mamlakatning energetika siyosati doirasida quriladi. Bu siyosat doirasida Hindiston 175 GVt elektr energiya olishi belgilangan. Bugungi kunda Hindistonda 2 GVtlik dunyodagi eng yirik Pavagada Solar quyosh bog‘i qurilmoqda.

Dunyodagi eng katta quyosh elektr stansiyalaridan biri, Misrdagi Benban Solar Park 2019 yil oxirigacha qurib bitkaziladi. Uning quvvati 2 GVtga yaqinni tashkil qiladi. Elektr stansiya qiymati nisbatan katta bo‘lmay, 800 mln dollarni tashkil qiladi.

Ko‘proq yangiliklar: