O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket to‘qqiz haftadan beri arzonlashmoqda

Iqtisodiyot 16:59 / 16.04.2018 38321

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2018 yil 17 apreldan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari 17,73 so‘mga arzonlagan va 1 dollar 8077 so‘mu 26 tiyinga teng bo‘lib turibdi. 

Bir yevro kursi aksincha 23,47 so‘mga qimmatlashib, 9960,07 so‘mga yetgan.

1 Rossiya rubli kursi 11,36 so‘mga tushib, 128,01 so‘mni tashkil qilmoqda.

Fevral oyi boshida 8200 so‘mga yaqinlashgan dollar kursi keyingi haftalar davomida uzluksiz arzonlab kelmoqda.

 

Ko‘proq yangiliklar: