Turkmaniston tovar ishlab chiqaruvchilari O‘zbekistondagi ko‘rgazmaga tayyorlanmoqda

Iqtisodiyot 15:17 / 16.04.2018 7032

Ayni vaqtda O‘zbekistondagi turkman tovarlari ko‘rgazmasi eksponentlari tarkibi shakllantirilmoqda. Tadbir aprel oyining so‘nggi o‘n kunligiga mo‘ljallangan. Turkmaniston Sanoatchilar va tadbirkorlar uyushmasining 30 dan ortiq a'zolari O‘zbekistondagi ko‘rgazmada ishtirok etish niyati borligini bildirdi, deb xabar qilmoqda SNG.Today.

Iqtisodiyotning turli sohalariga ixtisoslashgan tadbirkorlar turli mahsulotlarni taqdim etish niyatida, ular orasida oziq-ovqat tovarlari, qurilish materiallari, gilamlar va gazlama, maishiy tovarlar, amaliy san'at namunalari bor.

Turkmaniston ishlab chiqaruvchilari ko‘rgazmasining tashkil etilishi mahalliy mahsulotni tashqi bozorga ilgari surish sohasidagi xalqaro o‘zaro aloqalarning mexanizmlari hamda shakllarini takomillashtirish, biznesni faollashtirish uchun sharoitlar yaratish va xususiy tashabbusni rag‘batlantirish, turkman tovarlari raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan.

Ko‘proq yangiliklar: