Rossiyada yilning 1-choragida eng ommabop bo‘lgan mashinalar ma'lum

Fan-texnika 08:16 / 16.04.2018 20988

«Avtostat» tahlil agentligi ekspertlari Rossiyada 2018 yilning yanvar-mart oylarida eng ko‘p sotilgan yangi xorijiy avtomobillar reytingini tuzib chiqishdi.

Bu reytingda, xuddi umumiy bozorda bo‘lgani kabi, KIA Rio yetakchilik qilmoqda, u joriy yilning ilk 3 oyi davomida 25 370 marotaba sotildi, bu bir yil avvalgi natijadan 20,2 foizga ko‘proq. Ikkinchi o‘ringa Hyundai Creta krossoveri ko‘tarilib oldi, uning savdo hajmi 39 foizga oshdi (15 764 dona). Uchinchi pog‘onaga esa Hyundai Solaris sedani 14 470 sotilgan mashina bilan tushib ketdi.

Kuchli beshlikka Volkswagen Polo (11558; +14,4%) sedani va Renault Duster (10270; +19,4%) krossoveri yakun yasab bergan. Ulardan tashqari, 2018 yilning 1-choragi yakunlari bo‘yicha Rossiya bozori top-10ligiga quyidagi mashinalar kirdi: Skoda Rapid (8023; +28,8%), Renault Kaptur (7659; +27,5%), KIA Sportage (7590; +47,5%), Volkswagen Tiguan (7308; +44,8%) va Renault Sandero (7237; +27,7%). 

Shuningdek, ta'kidlab o‘tish joizki, Rossiyada joriy yilning yanvar oyidan mart oyiga qadar yangi xorijiy mashinalar savdosi umumiy hisobda 294,7 ming donani tashkil etdi. Shu tariqa, Rossiya bozorining 75 foizi ular hissasiga to‘g‘ri keldi.

Ko‘proq yangiliklar: