Rossiya Telegram'ning kulini ko‘kka sovurmoqchi: App Store va Google Play’ga talab yuboriladi

Fan-texnika 16:24 / 16.04.2018 14652

Roskomnadzor dushanba kuni App Store va Google Play ilovalar do‘konlariga Telegram messenjerini o‘chirib yuborish talabi qo‘yilgan murojaat yuboradi. Bu haqda TASS idora rahbari Aleksandr Jarovga asosan xabar qilmoqda.

"Tasdiqlaymiz", - deya aytib o‘tgan Jarov dushanba kuni yuqoridagi talablar yuborilishi haqida paydo bo‘lgan ma'lumotga izoh berib.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Roskomnadzor talablariga do‘konlarning javob berish muddati sud qarori bilan belgilanmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Telegram’ni Rossiyada bloklay boshlashgani xabar qilingandi.

 

Ko‘proq yangiliklar: