Ronalduning chiroyli goli Chempionlar Ligasida 2-o‘rinni egalladi

Sport 20:27 / 16.04.2018 22587

Chempionlar Ligasi chorakfinali o‘yinlari natijalariga ko‘ra, UYeFA eng chiroyli golni aniqladi.

Qizig‘i shundaki, Ronalduning qaychi uslubida «Yuventus» darvozasiga yo‘llagan goli so‘rovnomada 2-o‘rinni egalladi (30%). «Liverpul» hujumchisi Muhammad Salohning «Manchester Siti» darvozasiga kiritgan to‘pi esa muxlislarning 39% ovozini to‘plab birinchi o‘rinni egalladi. Bunda Salohning misrlik vatandoshlari faollik ko‘rsatgan bo‘lsa, ajab emas.

Uchinchi o‘rinni «Liverpul» yarimhimoyachisi Oksleyd-Chemberlen (14%) egalladi.

 

Ko‘proq yangiliklar: