Moskvada havo harorati 70 yillik rekordni yangiladi 

Jahon 20:14 / 16.04.2018 22652

16 aprel Moskvada oxirgi 70 yil ichida bu kun uchun eng issig‘i bo‘ldi. Ma'lum qilinishicha, harorat 20 darajadan yuqoriroqqa ko‘tarilgan. 

Avvalroq Moskvada havo harorati 16 aprelda bu kun uchun 1920 yilda o‘rnatilgan rekordni yangilashi mumkinligi ma'lum qilingandi. O‘shanda havo harorati 21 darajagacha isigan.

“100 yil avvalgi rekord yangilangani hozircha noma'lum. Biroq bu kun oxirgi 70 yil ichidagi eng issig‘i bo‘ladi, chunki VDNXdagi stansiyada harorat 20 darajadan yuqoriroqqa ko‘tarilgani qayd qilingan”, deb ma'lum qilingan xabarda. 

Ko‘proq yangiliklar: